Sog‘lom turmush tarzi va ekologiya: Yangi O‘zbekistonda navbatdagi marafon bo‘lib o‘tdi
27.
12. 2023
09:36
1762
Yangiliklar

Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida “Yangi nafas – ekiden” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, huquq-tartibot idoralari, oliy ta’lim muassasalari, xususiy tashkilotlarning yetti yuzga yaqin vakillari  ishtirok etdi.

Marafonda jamoalar soni 100 nafarga yaqin bo‘lib, ular orasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining faol yoshlari va ko‘ngillilar jamoasi ham faol qatnashdi.

Ishtirokchilar erkaklar, ayollar, aralash estafeta va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bellashdilar. Har bir bosqichda ular 3,18 km masofani bosib o'tishdi. Umumiy masofa 22,26 km ni tashkil etdi. Natijada erkaklar o‘rtasidagi marafonda Mudofaa vazirligi jamoasi, ayollar o‘rtasida "Radikteam" jamoasi, aralash estafetada esa "Z_Runteam" g‘olib deb topildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shaxsiy transportdan foydalanmasdan yurish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.

Foydali manbalar