Namanganda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzarga chora ko‘rildi
03.
01. 2024
12:18
1598
Yangiliklar

Namangan viloyati Namangan shahrida chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.

O‘rganish natijasida fuqaro N. I. shahardagi "Lola" MFY hududida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlandi. Unga nisbatan MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga BHMning bir barobari — 340 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda respublikamizning barcha hududlarida onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarning ham oldini olishga imkon beradi.

Foydali manbalar