Tungi reyd: Samarqandda qora qum aralashmasini qazib olayotgan fuqaroga chora ko‘rildi
23.
01. 2024
15:07
2212
Yangiliklar

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Yer osti va yer usti tabiiy boyliklari noqonuniy talon-toroj qilinishining oldini olish maqsadida olib borilgan reyd davomida tumanning "Balandravot" MFY hududida huquqbuzarlik aniqlandi. Ya'ni fuqaro Z. X. "Narpay" kanali atrofidan qonunga xilof tarzda o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi yordamida qora qum aralashmasini qazib olayotgani ma'lum bo‘ldi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga binoan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Z. X. BHMning 10 barobari, yaʼni 3 mln 40 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Foydali manbalar