600 gektardan ortiq maydonda “yashil bogʻlar” barpo etildi
07.
02. 2024
17:47
2212
Yangiliklar

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan va anʼanaga aylangan “Yashil makon” loyihasi doirasida har yili respublikamiz boʻylab daraxt koʻchatlari oʻtqazilmoqda. 

Xususan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan 2023-yilda barcha hududlarda “yashil bogʻlar” barpo etildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 16 ta tuman va shaharda 46,7 gektar, Andijon viloyatidagi 13 ta tuman va shaharda 36,2 gektar, Buxoro viloyatidagi 5 ta tuman va shaharda 7,8 gektar, Jizzax viloyatidagi 11 ta tuman va shaharda 23,1 gektar, Qashqadaryo viloyatidagi 11 ta tuman va shaharda 26,1 gektar yer maydonida “yashil bogʻlar” yaratildi. 

Shuningdek, Navoiy viloyatida jami 8 ta tuman va shaharda 19,2 gektar, Namangan viloyatida jami 14 ta tuman va shaharda 25,2 gektar, Samarqand viloyatida jami 7 ta tuman va shaharda 28,4 gektar, Sirdaryo viloyatida jami 8 ta tuman va shaharda 21,4 gektar, Surxondaryo viloyatida jami 9 ta tuman va shaharda 17,8 gektar, Toshkent viloyatida jami 10 ta tuman va shaharda 26,3 gektar, Fargʻona viloyatida jami 12 ta tuman va shaharda 34,6 gektar, Xorazm viloyatida jami 10 ta tuman va shaharda 34,7 gektar, Jizzax viloyati Zomin tumanida esa 44 ming dona manzarali koʻchatlar ekilib, 110 gektar maydonda “yashil bogʻ” barpo qilindi.

Bundan tashqari,  “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda “Yashil zamin” loyihasi doirasida 2023-yil bahorgi koʻchat ekish mavsumida Toshkent shahrining Yangihayot va Chilonzor tumanlaridagi jami 3 ta hududda 4 ming 659 dona, kuz mavsumida esa Olmazor va Yangihayot tumanlarida 2 ming 550 dona hududlarga mos manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi.

Qolaversa, Boʻstonliq tumani togʻ va togʻ oldi hududlaridagi 162 gektar maydonda vazirliklar va banklar bilan hamkorlikda 77 mingdan ziyod bodom koʻchatlari o‘tqazildi.

Ma'lumot uchun, "Yashil makon" loyihasi doirasida shu paytga qadar 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. Loyiha doirasida jami 500 millionga yaqin daraxtlar ekilgan bo‘lsa, shundan 200 milliondan ortig‘i 2023-yilga to‘g‘ri keladi.

Foydali manbalar