Markaziy Osiyoning beshta transchegaraviy daryo havzalarida iqlim o‘zgarishining ta’siri o‘rganilmoqda
20.
02. 2024
18:27
2182
Yangiliklar

Joriy yilning 20-fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi beshta transchegaraviy daryolar havzasining iqlim o‘zgarishiga nisbatan xavf-xatarini baholash bo‘yicha yirik loyiha boshlanishiga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Ma'lumot uchun, baholash natijalariga ko‘ra, har bir suv havzasi — Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hududidagi Isfayramsoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondagi Shohimardon, Tojikiston va Oʻzbekistondagi Zarafshon, Turkmanistondagi Murg‘ob va Qirg‘iziston hamda Qozog‘istondagi Chong-Kemin/Chu daryosi uchun iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar taklif etiladi.


"Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birga O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini boshqarishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Maqsad O‘zbekiston hududini kesib o‘tgan 5 ta transchegaraviy daryolarning ekologik aspektlarini aniqlash va daryolardan qishloq xo‘jaligida, energetikada va boshqa sohalarda foydalanganda iqlim o‘zgarishiga ta'sirini kamaytirishdir. Bugun chet ellik mutaxassislar bilan bu borada ilmiy yechimlar izlanmoqda. Shuningdek, Farg‘ona vodiysida Isfayramsoy va Shohimardon daryolariga, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida Zarafshon daryosiga iqlim o‘zgarishining ta’siri o‘rganiladi", — dedi Ekologiya vazirligi bo'lim boshlig'i Abdumajid Xolmurodov.

Seminarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston milliy gidrometeorologiya xizmatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslarini boshqarish va favqulodda vaziyatlar davlat idoralari mutaxassislari ishtirok etdi. Ular birgalikda belgilangan suv havzalarida kelajakdagi iqlim xavfini baholash imkoniyatlarini aniqladilar. Shu paytga qadar xavflarni aniqlashda quyidagi mezonlar hisobga olingan: transchegaraviy havzaning kattaligi, suv bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning mavjudligi (masalan, ko'chkilar, kanallarning o'zgarishi), gidrologik hamda meteorologik stansiyalarning mavjudligi va boshqalar.

“Iqlim siklining o‘zgarishi tabiatda turli xil o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, suv va qishloq xo‘jaligiga, ekologiyaga, iqtisodiyotga, umuman, insoniyat turmush darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, — dedi seminar ishtirokchilaridan biri, BMT Taraqqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish” loyihasi rahbari Isomiddin Akramov. — Bugungi loyihadan asosiy maqsad aynan iqlim xavflarini aniqlab olish, iqlimga moslashish rejalarini ishlab chiqish va ularni boshqarishdir. Aholi o‘rtasida iqlimga moslashish bo‘yicha kichik-kichik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa kelajakda, ayniqsa, tog‘li hududlarda yashovchi aholining iqlim o‘zgarishlariga oldin tayyor bo‘lishlariga imkon yaratadi".

Ma’lumot uchun, loyiha va boshlang‘ich seminar Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim risklarini boshqarish” dasturining bir qismidir. Mintaqaviy dasturning maqsadi mintaqada transchegaraviy iqlim risklarini boshqarishni takomillashtirishdan iborat. Dastur jamoasi atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha davlat idoralari va hamkor tashkilotlarga siyosat, harakat rejalarini ishlab chiqish va iqlim o'zgarishiga moslashish va suv bilan bog'liq iqlim xavflarini boshqarish bo'yicha tajriba almashish bo'yicha maslahatlar beradi va qo'llab-quvvatlaydi.

IZ 130 ta davlatda faoliyat yurituvchi Germaniya federal kompaniyasi hisoblanadi. U Germaniya hukumatining barqaror rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasidagi maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.



Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoda umumiy haroratning koʻtarilishi sharoitida atmosfera yogʻinlarining oʻzgarishi, muzliklarning erishi va suv havzalarining to‘lib ketishi xavfi saqlanib qolmoqda, bu esa qurgʻoqchilik, koʻchki va suv toshqinlari xavfini oshiradi. Ushbu hodisalar mintaqaviy tizimlar va harakatlarni talab qiladi. Bu kabi omillarni inobatga olgan holda Markaziy Osiyoda iqlim xavfini boshqarish mintaqaviy dasturi kerakli choralarni amalga oshirishda Markaziy Osiyo davlatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Ya'ni bilim va tajriba almashish platformalari ilgari suriladi, salohiyatni oshirish, gidrologik ofatlar haqida erta ogohlantirish mintaqaviy tarmog'ini yaratish, shuningdek, mintaqaga xos iqlim xatarlarini baholash va zaruriy moslashish choralari qo‘llab-quvvatlanadi.

GIZ 130 ta davlatda faoliyat yurituvchi Germaniya federal kompaniyasi hisoblanadi. U Germaniya hukumatining barqaror rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasidagi maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoda umumiy haroratning koʻtarilishi sharoitida atmosfera yogʻinlarining oʻzgarishi, muzliklarning erishi va suv havzalarining to‘lib ketishi xavfi saqlanib qolmoqda, bu esa qurgʻoqchilik, koʻchki va suv toshqinlari xavfini oshiradi. Ushbu hodisalar mintaqaviy tizimlar va harakatlarni talab qiladi. Bu kabi omillarni inobatga olgan holda Markaziy Osiyoda iqlim xavfini boshqarish mintaqaviy dasturi kerakli choralarni amalga oshirishda Markaziy Osiyo davlatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Ya'ni bilim va tajriba almashish platformalari ilgari suriladi, salohiyatni oshirish, gidrologik ofatlar haqida erta ogohlantirish mintaqaviy tarmog'ini yaratish, shuningdek, mintaqaga xos iqlim xatarlarini baholash va zaruriy moslashish choralari qo‘llab-quvvatlanadi.

Foydali manbalar