Samarqandda noyob ko‘chib yuruvchi qushning hayoti saqlab qolindi
22.
02. 2024
10:20
1769
Yangiliklar

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Jomboy tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan noyob qushning hayoti saqlab qolindi. 

Ma'lum bo‘lishicha, tumanning "Sarchashma" mahallasida yashovchi fuqaro O. S. fermer xo‘jaligi atrofida notanish qush ucholmay qiynalayotganligini ko‘rib, uyiga olib keladi. Keyin esa Jomboy tumani Ekologiya bo‘limiga murojaat qiladi.

Holat o‘rganilganida bu qush O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, ko‘chib yuruvchi tur hisoblangan cho‘l burguti ekanligi ma‘lum bo‘ldi. Qush Zarafshon milliy tabiat bog‘ida maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilib, ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Foydali manbalar