AQSH kompaniyasi bilan tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
23.
02. 2024
18:34
2458
Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan AQSHning “SAYAR LLC” kompaniyasi delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 



Tashrif davomida chet el kompaniyasi vakillari viloyatdagi qator tibbiyot muassasalarida boʻlib, tibbiyot chiqindilari saqlanishi, tarkibi, miqdori, holati bilan tanishdilar. Shuningdek, tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash borasida hal qilinishi kerak bo’lgan masalalarga e’tibor qaratildi. Xususan, chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilib, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

Yakunda AQSH kompaniyasi bilan bu borada har tomonlama hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi.

Ta’kidlash joizki, tibbiyot chiqindilarini qayta ishlash dastlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida tajriba tariqasida yo’lga qo’yiladi. Bunda maxsus filtrlardan foydalaniladi va atmosferaga zararli tashlamalar chiqarilishining oldi olinadi. Qayta ishlash natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasidan esa shifoxonalarni isitishda foydalaniladi.

Foydali manbalar