Andijonda 34 ta onlayn kuzatuv kameralari ishga tushirilmoqda
04.
03. 2024
10:50
1831
Yangiliklar

Andijon shahrida belgilanmagan joyga chiqindi tashlashning oldini olish uchun 34 ta onlayn kuzatuv kameralari ishga tushirilmoqda. 

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilayotgan ushbu kameralar 360 darajada tasvirga olish imkonini beradi. 

Ma'lumot uchun, ayni damda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida onlayn kameralar o‘rnatilgan. Doimiy kuzatib boriladigan bu kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 barobaridan 3 barobarigacha (340 ming soʻmdan – 1 million 20 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslar uchun esa BHMning 10 barobaridan 20 barobarigacha (3 million 400 ming soʻmdan 6 million 800 ming soʻmgacha) jarimaga sabab bo‘ladi.

Foydali manbalar