Qalamcha tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar!
25.
04. 2024
14:51
2187
Yangiliklar

Bugungi kunda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish bilan bir qatorda qalamchalar yetishtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki qalamcha tayyorlab ekish kam xarajat talab qiladi va samarali hisoblanadi.  

Qalamcha tayyorlashning quyidagi muhim qoidalari bor: 

— terakning bir yillik novdalarini kesish oktyabr oyining oxiri — noyabr oyining boshidan terakda bahorgi vegetatsiya jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi;

— Kesib olingan novdalardan 20-25 santimetrlik qalamchalar tayyorlanadi. Qalamchalarni bog‘ qaychisi bilan 45 daraja ostida kesish lozim. Bu orqali ularning chirishining oldi olinadi;

— qalamchalar erta bahorda kuzgi ekish kabi jo'yaklarga ekiladi va darhol sug‘oriladi;

— kuzda tayyorlangan qalamchalar orasi  60-70 sm bo‘lishi kerak; 

— terak qalamchalari jo'yaklarda 20 santimetrdan qoldirilib, tik holatda qadaladi. Bunda qalamchadagi kurtaklar yuqoriga qaragan holatda bo'lishi, qadalgan qalamchalarda bitta yoki ikkita kurtak tuproq ustida qolishi lozim.

Fakt!

Yangi ekilgan qalamchalardan keyingi yilning bahorida 1–1,5 metrlik terak ko'chatlarini yetishtirish mumkin. Ekilgan terak ko‘chatidan esa bir yilda 2–2,5 metr, 3 yilda 6,5–7 metr, 5 yilda 10–12 metr, 8 yilda esa 20–25 metr uzunlikdagi terak daraxti yetishtiriladi. 

Jo'yaklar orasi 60 sm va qalamchalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix, ya'ni 100 kvadrat metr maydonda 8333 ta, jo'yaklar orasi 70 sm va qalamchalar orasi 20 sm sxemali 10 sotix maydonda esa 7140 tagacha terak ko‘chatlarini yetishtirish imkoni bor. 

Ta'kidlash joizki, agar 10 sotix yer maydonida 8333 ta ko'chat yetishtirilsa va bozorda 1 dona ko‘chatning o'rtacha narxi 3000 so'mga teng bo'lsa, 10 sotix yerdan o'rtacha 24 mln so‘m daromad qilsa bo'ladi.

Foydali manbalar