Toshkentda Yaponiya fuqarolarining O‘zbekistondagi hayoti tarixiga bag‘ishlangan yangi muzey binosi ochildi
30.
04. 2024
16:14
1668
Yangiliklar

30 aprel kuni yangi muzey binosining ochilishiga bag‘ishlangan “40-yillarda Yaponiya fuqarolarining O‘zbekistonda kechan hayoti aks etgan esdalik ko‘rgazma”si tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Xatori Takashi , muzey asoschisi va direktori Jalil Sultonov, Yaponiya jamiyatining O‘zbekistondagi vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Andijon viloyatining Chuama qishlog‘ida topilgan “Oltinchi darajali muqaddas xazina ordeni” muzey fondiga topshirildi. Qayd etilishicha, bunday ordenlar harbiylar va fuqarolarga davlat oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun taqdirlangan.

Shuningdek, tadbir doirasida “Hiiragi” (Holli) filmidan lavha namoyish etildi va muzeyning noyob eksponatlari bilan tanishtirildi.

Ma’lumot uchun: eski muzey binosi bundan 26 yil avval, ya’ni 1998-yilning may oyida O‘zbekistondagi yaponiyaliklarning hayotini aks ettiruvchi materiallar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik ramzi bo‘lgan fotosuratlar, hujjatlar va turli eksponatlarni namoyish etish maqsadida tashkil etilgan.

2023-yilda yangi muzey binosi qurildi, u Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlar uchun sayyohlik maskaniga aylanishi rejalashtirilgan.

Muzey manzili: Manzil: Toshkent sh. Yakkasaroy, 20

Foydali manbalar