Jizzax viloyati: huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari davom etmoqda
19.
05. 2020
10:54
6966
Ekanadzor

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Jizzax shahar inspektsiyasi xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan, «Ulug‘bek» mahallasida yashovchi shaxs M.Sh. tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘l yoqasiga uyidan chiqqan qattiq maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

Aziz yurtdoshlar! Hozirgi kunda barcha yerlarda axlat tashlash uchun alohida joylar qurilgan, qutilar qo‘yilgan. Shunday ekan, axlat va chiqindilarni maxsus joylarga tashlash lozim.

Unutmang, kishi poklikni o‘zidan boshlashi kerak!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar