«DREDMARK» kompaniyasi bilan uchrashuv
28.
05. 2020
12:37
5805
Yangiliklar

2020 yil 27 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Rossiyaning «DREDMARK» kompaniyasi guruhiga kiruvchi «Toshkent nostandart mashinalar zavodi» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida «Toshkent nostandart mashinalar zavodi» bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi hamda mazkur kompaniya tomonidan chiqindilarni boshqarish sohasida, xususan chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishidagi uskunalar va ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha taqdimot namoyish etildi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini saralash, qayta ishlash zavodlarini qurish hamda mazkur zavodlar qurilishi uchun talab etiladigan uskunalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

Foydali manbalar