«Buxoroda qo‘ylarni faqatgina dumbasini yeb ketayotgan yovvoyi hayvonni ushlashibdi» to‘g‘risidagi xabar yuzasidan izoh
08.
06. 2020
18:03
5886
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlardagi «Buxoroda qo‘ylarni faqatgina dumbasini yeb ketayotgan yovvoyi hayvonni ushlashibdi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan xabar yuzasidan ma’lum qiladi.

Videodagi jonivor Olakuzan (Perevyazka) bo‘lib, xalqaro hamda O‘zbekiston Kizil kitobiga kiritilgan zaif, kamayib borayotgan tur hisoblanadi.

Qizilqum cho‘li, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzacho‘l va Qarshi cho‘li, G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalarining tog‘ yonbag‘irlari va yuqori kamarlari, Surxondaryoning quyi qismi, Ohangaron daryosining yuqori qismida uchraydi.

Mazkur jonivor kemiruvchilar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifani bajaradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, olakuzanning qo‘y dumbasi bilan oziqlanishi to‘g‘risidagi xabar asossiz.

O‘z navbatida ushbu jonivor Buxoro viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan tabiatga qo‘yib yuborildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar