«Jayron» ekomarkazi - ekologik turizm markazi sifatida
18.
06. 2020
20:42
7538
Yangiliklar

O‘zbekiston ekoturizm sohalarini rivojlantirishda ulkan salohiyatga ega bo‘lib, geografik va tabiiy joylashuvi respublikamiz hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun qulaydir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, turizm, jumladan ekoturizmni rivojlantirishga doir qator vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh ekologik turizm maskani hisoblangan Buxoro viloyatidagi «Jayron» ekomarkaziga borib, u yerning sayyohlik mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.
 

Tashrif doirasida markazning turistik salohiyati muhokama qilinib, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, uning tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berilishi, jayron bilan bog‘liq maxsus suvenirlar liniyasi hamda uning brend do‘konlarining tashkil etilishi, shu bilan birga qo‘riqxona hududida bir necha Kuzatuv minorasi va ular bo‘yicha maxsus marshrutni yaratish rejalashtirilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Ayni damda ixtisoslashtirilgan markazda ko‘plab imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu yerda xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi zamonaviy tashrif markazi (visitor center), muzey yaratilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimiz barcha hududlarining maktab o‘quvchilari, akademik kollej va litseylar o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining ekskursiyasini yo‘lga qo‘yishga doir maxsus dastur ishlab chiqilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar