Telegramm ijtimoiy tarmoqda tarqalgan murojaatga munosabat
19.
06. 2020
18:43
5978
Yangiliklar

Telegramm ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hududidagi daraxtlar kesilib, tep – tekis qilib qo‘yildi. Yana bu idora daraxtlar noqonuniy kesilishiga qarshi kurashadi! «Yig‘lab borsam, xo‘ngrab chiqdi» degan shu bo‘lsa kerak» sarlavhali murojaat Navoiy shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu xudud (Avvalgi Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi binosi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 12-13 mart kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan 11-sonli majlis bayonining 42-bandiga muvofiq Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi balansida bo‘lgan Navoiy shahar Tolstoy ko‘chasi 14a uy manzilda joylashgan (Avvalgi Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi) binoni, Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi balansiga beg‘araz o‘tkazib berilishi belgilangan edi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining 02.04.2019 yildagi 03-01/9-1663-sonli xatiga asosan Navoiy viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi balansiga beg‘araz (bepul) o‘tkazib berilishi bo‘yicha rozilik xati olindi va sobiq Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi binosi Navoiy viloyati Halq ta’lim boshqarmasiga beg‘araz o‘tkazib berilgan. 2018 yil 25 dekabr kunidan boshlab Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Navoiy shahar Davlat xizmatlarining agentligining 4-qavatida ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Joriy yil 24 aprel kuni Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Navoiy shahar «Orzu» MFYdan kelib tushgan yozma murojaatini Navoiy shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi inspektorlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu xududdagi manzarali daraxtlar qarovsiz qolganligi, oqibatda 30 tup archa quriganligi aniqlangan. O‘rganish natijasida o‘sishdan to‘xtagan va qurigan manzarali daraxtlarning tag qismidan kesishga ruhsat etilgan.

2020 yil 26 may kuni ushbu binoda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi vaqtida fuqaro X. B. tomonidan bir tup o‘sishdan to‘xtamagan manzarali daraxtni olib tashlaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 162-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar va ma’muriy jarima hozirgi kunga qadar to‘liq undirib olingan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar