Tabiat muhofazaga muhtoj. Xoh o‘simlik bo‘lsin, xoh jonivor bo‘lsin ayni damda ularni saqlash, asrab-avaylash lozim. Bu vazifa bugungi kunning bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalaridan biridir. Afsuski, oramizda hayvonot dunyosining yo‘qolib borayotgan turlarini ovlash, ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish uchun harakat qilayotgan kimsalar ham uchrab turibdi.
Joriy yil 26 avgust kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi Uzunbuloq bo‘limi Kattasoy aylanmasi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushganligi ma’lum bo‘ldi.
Mahalliy aholi tomonidan ushbu holat yuzasidan murojaat kelib tushgach, Davlat ekologiya qo‘mitasi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari bayon etilgan manzilga yetib bordilar.
Hozirda ayiqni qutqarish, davolash muolaja ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati