«Bizga shunchaki havo kerak, Popning Xo‘jabodida odamlar nafas olishga qiynalmoqda. Sabab-nosoz paxta zavodi» sarlavha ostida chop etilgan murojaatga munosabat
24.
11. 2020
10:48
6654
Ekanadzor

Namangan viloyati Pop tumani Xo‘jaobod MFY hududida Pop paxta tozalash zavodi joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur korxona «ART SOFT HOLDING» MChJga ijara shartnomasi asosida foydalanish uchun topshirilgan. Xo‘jaobod MFY hududida yashovchi fuqarolar tomonidan ushbu zavod faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan paxta changlari aholi salomatligiga ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga bir necha marotaba murojaatlar kelib tushdi.

Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan holat o‘rnatilgan tartibda paxtani qabul qilish va yirik iflosliklardan tozalash tsexi, paxtani quritish-tozalash tsexi hamda asosiy bino (chigitni linterlash) tsexlari o‘rganildi. Zavodning atmosfera havosiga chiqindi tashlovchi manbalaridan tashlanayotgan paxta changlaridan namunalar olindi.

Paxtani qabul qilish, tozalash tsexidan hosil bo‘layotgan paxta changlari texnologik jarayonga muvofiq tortish aspiratsiya tarmoqlari orqali chang-gaz tozalash qurilmasi va chang kamerasidan iborat ikki bosqichli tozalovdan o‘tkaziladi.

Mazkur zavodda esa chang-gaz tozalash qurilmasida tutib qolingan changlarni chiqarib yuborish qismining ustki qismi zich emasligi va ochiq joylari oddiy brezent mato bilan yopib qo‘yilganligi sababli atmosfera havosiga ko‘p miqdorda chang chiqarilishiga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi. Shu bilan birga tozalashning ikkinchi bosqichiga o‘rnatilgan chang kamerasi (metall konteyner) loyiha asosida qurilmaganligi va chang kamerasining samaradorligi asoslantirilmagan. Chang-gaz tozalash qurilmasi samaradorligini aniqlash maqsadida olingan namunalar tahlili belgilangan me’yorlardan yuqori ekanligi ko‘rsatdi.

Shu bilan birga paxtani quritish-tozalash tsexiga o‘rnatilgan chang-gaz tozalash qurilmasiga tsexda hosil bo‘layotgan changni uzatish ventilyatsiya quvurlari ulangan qismlarining mustahkamligi ta’minlanmagan. Bu holat changni to‘liq tozalovga yo‘naltirmasdan atmosfera havosiga chiqarilishiga, o‘z navbatida aholi e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

O‘rganish davomida mazkur uchastkaga o‘rnatilgan tozalovning ikkinchi bosqichi hisoblangan chang to‘plash kamerasining tepa qismlarida yirik tirkishlar borligi kuzatilgan. Chang to‘plash kamerasida hosil bo‘layotgan yuqori bosimli havoni atmosfera havosiga tashlash tuynuklari maxsus filtrlar bilan jihozlanmaganligi natijasida chang to‘plash kamerasiga to‘planayotgan changlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosfera havosiga tashlanayotganligi aniqlangan. Ushbu tsexga o‘rnatilgan chang gaz tozalash qurilmasining samaradorligi ham belgilangan me’yorlardan yuqori ekanligi aniqlandi.

Asosiy bino chigitni linterlash tsexiga o‘rnatilgan chang-gaz tozalash qurilmasiga tsexda hosil bo‘layotgan changni uzatish bo‘yicha ventilyatsiya quvurlari ulangan qismlarining mustahkamligi ta’minlanmagan. Bu holat changni to‘liq tozalovga yo‘naltirilmasdan atmosfera havosiga chiqarilishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek o‘rganish natijalari korxonaning ishlab chiqarish tsexlari yon atroflarida paxta tolasidan ajratib olingan chiqindilar hamda chang to‘plash kameralarida to‘plangan chiqindilar korxona hududida uyum bo‘lib to‘planib qolganligi hamda ushbu chiqindilarni belgilangan tartibda maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish ishlari olib borilmaganligi, natijada ushbu to‘plangan chang uyumlari ham shamol ta’sirida yon atrofga tarqalib aholi xonadonlariga uchib borish ehtimoli mavjudligini ko‘rsatdi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan salbiy holatlar natijasida zavod hududidan atmosfera havosiga chiqarilayotgan changlar yon atrofga tarqalib fuqarolarning xaqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Bizga shunchaki havo kerak

Bizga shunchaki havo kerak

Bizga shunchaki havo kerak

«O‘zbekison Respublikasi aholi yashash punktlarida atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya me’yorlari va qoidalari to‘g‘risida» 0350-17-son me’yoriy hujjatning 6.1.6-talabi bo‘yicha paxta tozalash korxonalarining aholi yashash xonadonlarigacha bo‘lgan masofasi 500 metr bo‘lishi belgilangan bo‘lsa-da, paxta tozalash korxonasining atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlovchi manbasidan aholi yashash xonadonigacha bo‘lgan masofa 90-95 metrni tashkil etayotganligi kuzatildi.

Yuqorida aniqlangan kamchiliklarga asosan Namangan viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan «ART SOFT HOLDING» MChJ hamda «ART SOFT HOLDING» MChJ Pop paxta tozalash zavodi rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Chiqindilar to‘g‘risida» hamda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunlariga va qonunosti me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq hamda tahlil natijalari belgilangan samaradorlikdan past natijani ko‘rsatayotganligi sababli 10 kunlik muddatda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

O‘z navbatida ushbu ko‘rsatmalar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda korxonaning tegishli tsexlari o‘rnatilgan tartibda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilishi yuzasidan Namangan viloyat Iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilishi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar