"Ohangarontsement" OAJ ekologik qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish ishlari olib borildi.
06.
02. 2019
09:25
8175
Ekanadzor

Ohangaron tumani aholisidan kelib tushgan shikoyatlarga ko'ra, Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasi xodimlari shu yilning 7-16 fevral kunlari Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Toshkent viloyati Ohangaron shahrining sanoat hududida joylashgan "Ohangarontsement" OAJning ekologik qonunchiligiga muvofiqligini bo’yicha tekshirish o'tkazishdi.

Tekshiruv davomida Davlat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo'mitasining xodimlari atmosfera havosini, suv va yer resurslarini muhofaza qilish, shuningdek chiqindilarni yo'q qilish sohasidagi qonunchilikni buzganligini aniqladi.

Korxonaning auditorlik tekshiruvi natijalariga ko'ra ushbu korxonaning 16 nafar xodimi ma'muriy javobgarlikka tortildi va atrof muhitni ifloslantirish uchun 423 mln. so'm miqdorida kompensatsiya to'lovlari undirildi.

Bundan tashqari, korxona atrof-muhitni monitoring qilishni davom ettirish uchun Davlat ekologiya qo'mitasiga taqdim etilgan, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.

Shu bilan birga, bugungi kunda korxona energiya tejamkor va ekologik toza "quruq" usulda sement ishlab chiqarish uchun yangi yuqori texnologiyali zavod qurish ustida ish olib borayotganligini ta'kidlash lozim.

Foydali manbalar