Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, shuningdek, Germaniyaning «G.E.O.S. Ingenieurgesellshaft mbH» kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashdi. Muloqot davomida uran qoldiqlari bilan bog‘liq jiddiy muammolarni hamkorlikda yechish masalalari muhokama qilindi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi va YETTB o‘rtasida Markaziy Osiyo uchun «Ekologik qayta tiklash hisobi bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazish to‘g‘risida»gi Hadli bitimni amalga oshirish uchun grant ajratish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingani ma’lum qilindi.
Muzokara yakunida Loyihani boshqarish guruhini moliyalashtirish, tomonlar majburiyatlari va galdagi rejalar bo‘yicha kelishib olindi.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati