4-5 oktyabr kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha YeI-MO ishchi guruhning «Yashil tiklanish: hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar» mavzusidagi 10-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga mas’ul vazirliklar, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi, YuNEP, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish doirasida Markaziy Osiyoda yashil tiklanish bo‘yicha strategiyalarga oid, Yevropa Ittifoqining atrof-muhit, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, xalqaro ustivor masalalar bo‘yicha siyosatidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati