Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov hamda O‘zbekistonning Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Fayzullayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘td
28.
12. 2022
20:14
2780
Yangiliklar

Bugun Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov hamda O‘zbekistonning Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi A.Fayzullayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida atrof-muhit sohasida o‘zaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, ushbu davlatning yer, suv va atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarini mamlakatimizda qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Innovatsion ekologik yechim va yondashuvlar asosida muqobil energetikani rivojlantirish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish, biologik xilmaxillikni asrash hamda sanoat obyektlaridan chiqadigan zararli tashlamalarni monitoring qilishda yuqori samara beruvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv davomida 2023 yil 23-28 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan BMT Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasining 14-tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14)ni yuqori saviyada tashkil etish, mazkur xalqaro darajadagi anjumanga Avstriyaning ekologiya va atrof-muhit masalalari bilan shug‘ullanadigan nufuzli tashkilotlari ishtirokini taʼminlashga kelishib olindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Foydali manbalar