Joriy yilning 8–11-aprel kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, 10-aprelda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Shuningdek, Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. 9–11-aprel kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 8–11-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
— Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
— Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho’rchi, Qumqo’rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
— Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo’shrabot, Kattaqo’rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
— Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
— Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida,
— Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo’stonliq, Parkent, Piskent, O’rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
— Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo’rg‘on tumanlarida;
— Farg‘ona viloyati: So’x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida,
— Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo’rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo’jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot bo’lishlarini so’raymiz.