"Surxon" qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasi noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi
02.
05. 2023
10:14
3495
Yangiliklar

Tabiat resurslari vazirligi  Surxondaryo viloyati boshqarmasi, “Surxon” davlat qo‘riqxonasi  hamda DXX chegara qo‘shinlari xodimlari qonunbuzarlikka chek qo'yishdi. 


"Surxon" davlat qo'riqxonasida tezkor reyd tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida qo'riqxonaning "Vandob" bo'limi "Go'rdara" massivi qo'riqlash zonasida ikki nafar fuqaro noyob jonivor bo‘lgan bir bosh Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini noqonuniy olib ketayotganida qo'lga olindi. Ta'kidlash kerakki, Buxoro tog' qo'yi O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Tezkor surishtiruvlar natijasida huquqbuzarlar Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani “Xo‘jamahmud” mahallasida  istiqomat qiluvchi   A.J. va “Chuchuqquduq”  mahallasida yashovchi fuqaro  Gʻ. J. ekanligi oydinlashdi.



Mazkur holat yuzasidan  tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, bir bosh Buxoro tog‘ qo‘yi bolasi  huquqbuzarlardan olib qo‘yildi. Huquqbuzarlarga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar Buxoro tog‘ qo‘yining bolasi veterinariya nazoratida qo‘riqxonada saqlanmoqda.

Aniqlangan holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun  tayyorlanmoqda.

Foydali manbalar