15.
08. 2023
16:05
2624
Yangiliklar
Konimex tumani Ekologiya bo‘limiga tumaning "Navro‘z" mahallasida, "To‘qmang‘it" qishlog‘ida cho‘l burguti saqlanayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
Murojaat o'rganilganida "To‘qmang‘it" qishlog‘ida yashovchi fuqaro B. B. (https://t.me/ecogovuz/43479)o‘z xonadonida cho‘l burgutini noqonuniy tarzda qafasda saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 300 ming so‘m jarima belgilandi.