Toshkent viloyatida 3 ta chinor daraxti kesildi. Jinoyat ishi qoʼzgʼatildi
06.
10. 2023
11:46
2652
Yangiliklar

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida ekologik nazorat tadbiri oʼtkazildi. 

Tadbir davomida tumanning "Fayzobod" MFY hududida 3 tup oʼsib turgan chinor daraxtlari kesilganligi aniqlandi. 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi “Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 464-sonli qaroriga asosan, tabiatga 148 million 793 ming 500 soʼm zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foydali manbalar