“Zarafshon” milliy tabiat bogʻidagi 11 ta noqonuniy qurilma buzdirildi
10.
10. 2023
17:25
2977
Yangiliklar

2021–2022-yillarda Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududidagi 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ijara bitimi hamda shartnomaga asosan dam olish maskani qurish uchun ajratib berilganligi aniqlandi. 

Ayni damda bogʻda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan fuqarolik va iqtisodiy sud qarorlariga muvofiq 11 nafar fuqaro va yuridik shaxs tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzish ishlari olib borilmoqda. 

Milliy bogʻ hududidagi ogʻir rekonstruksiyali binolar, devor va toʻsiqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida buzilmoqda. 

Qolgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qoʻzgʻatib, qoʻshimcha tarzda oʻrganish ishlari olib bormoqda.

Bundan tashqari, noqonuniy qurilmalar buzdirilib, oʻrniga daraxt ekildi.

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va Zarafshon milliy tabiat bogʻi masʼullari hamkorligida milliy bogʻ hududida buzilgan binolar oʻrni tezkor tartibda tozalanib, qurilish chiqindilari olib chiqib ketilmoqda va oʻrniga manzalari daraxtlar ekilib, hududda yashil bogʻlar barpo etilmoqda.

Foydali manbalar