Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi
02.
02. 2024
17:45
3949
Yangiliklar

Joriy yilning 23–31-yanvar kunlari Ekologiya vazirligi tomonidan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasida joylashgan “Toshkent IES” (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyati tekshirildi. 

Tekshiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilgʻi hisoblangani, shuningdek, qo‘shimcha yoqilg‘i sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan. 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd 23 mln soʻm (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida kompensatsiya belgilandi. 

Bundan tashqari, IESga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 16 banddan iborat majburiy koʻrsatmalar berildi.

Ayni damda to‘plangan hujjatlar huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan IES mansabdor shaxslariga tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborilmoqda.

 

Foydali manbalar