Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan edi.
2020 yil 7 fevral kuni esa ushbu sud ishining yakuniy yig‘ilishi Qorako‘l tumanining jinoyat sudida bo‘lib o‘tdi. Sud hukmiga muvofiq qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilanib, ularga jami 66 900 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi va undirib olindi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati